-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123

AXMEDOVA Feruzaxon Solijonovna
Komissiya a’zosi
1957-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - matematika o‘qituvchisi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

BABANAZAROVA Marinika
Komissiya a’zosi
1955-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san’atshunos. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

BAZAROV ORIFJAN SHADIYEVICH
Komissiya a’zosi
1963-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - umumtexnika fanlari va fizika o‘qituvchisi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent. 2020-yil 14-fevraldan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

DJURAYEV SHUHRAT NIZAMOVICH
Komissiya a’zosi
1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent politexnika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - muhandis-mexanik. 2004-yil 2-oktyabrdan Navoiy viloyati saylov komissiyasi raisi, 2014-2020 yillarda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-oktyabrdan pensiyada.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

Ibodullayev Adxam Ibodullayevich
Komissiya a’zosi
1984-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig‘ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna
Komissiya a'zosi
1980-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ikkinchi mutaxassislik sifatida tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos-iqtisodchi. Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

Isoqboyev Alisher Axmadjonovich
Komissiya a’zosi
1978-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Namangan davlat universitetining bakalavr hamda 2002-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi-tarixchi. Tarix fanlari nomzodi. Hozirgi kunda Namangan davlat universitetining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

KADIROVA MUYASSAR DJUMAYEVNA
Komissiya a’zosi
1962-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - vrach-terapevt. 2013-yil 15-fevraldan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Muyassar Kadirova “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

Kenjayeva Iroda Misirovna
Komissiya a’zosi
1970-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi-shifokor. 2015-yildan buyon Buxoro viloyati tibbiy diagnostika markazi direktori lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich
Komissiya a'zosi
1960 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan.
Suyarjon Kurbankulov “Shuhrat” medali , “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2015 yil 3 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, 2019 yil 19 sentyabrdan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna
Komissiya a’zosi
1959-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4-maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019-yil 23-iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH
Komissiya a’zosi
1961 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti. Filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori lavozimida ishlaydi. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

USMONQULOV ALISHER QODIRQULOVICH
Komissiya a’zosi
1968-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dosent. Mutaxassisligi - muhandis-mexanik-texnolog. 2016-yil 29-sentyabrdan Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

FARMANOV ALEKSANDR KASIMOVICH
Komissiya a’zosi
1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qozog‘iston Respublikasi Jambul gidromeliorativ qurilish institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dosent. Mutaxassisligi - quruvchi-muhandis. 2020 yil 3 maydan
“O‘zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
1997-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2004-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011-yil
Aleksandr Farmanov “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

Qudratxo'ja Sherzodxon Tojiddin o'g'li
Komissiya a'zosi
1974-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist. Siyosiy fanlar nomzodi. Hozirgi kunda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich
Komissiya a’zosi
1965-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

YUSUPOV ERGASH AMANBAYEVICH
Komissiya a’zosi
1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis-quruvchi. 2020-yil 3-maydan
Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ergash Yusupov 1999-yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

Qozixonova Orzigul Mo‘ydinovna
Komissiya a'zosi
1971-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Tojikiston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi-huquqshunos. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yuridik bo‘limi mudiri lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.