Yangiliklar
Prezident saylovi: saylov kampaniyasi boshlandi 2021-07-23

2021 yil 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi.

HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI 2021-07-14

Joriy yil 14 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, "Zo‘rTV" teleradiokompaniyasi, “Uzreport” axborot agentligi bilan oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida OAVlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik ishlarining olib borilishi va o‘tkazilishini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzoladi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi 2021-07-13

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Farmoyishiga asosan Jaloliddin Qudratovich Usmanov Markaziy saylov komissiyasi Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

SHHT bosh kotibi Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi 2021-07-08

Ayni kunlarda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi V.I.Norov boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida qator vazirlik va idora rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 8 iyul kuni Bosh kotib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev bilan uchrashdi.

SAYLOVLARNI OAV ORQALI YORITISHDAGI MUHIM VAZIFALAR KO‘RIB CHIQILDI 2021-07-07

Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ommaviy axborot vositalari orqali yoritishni sifatli va tezkor tashkil etishda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatining o‘rni katta.

Faoliyat sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi 2021-07-07

2021 yil 7 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Komissiya raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.

Rasmiy munosabat 2021-07-05

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatlik saylovini o‘tkazuvchi 52-“Jarqo‘rg‘on” saylov okrugining 522-saylov uchastkasi deb taxmin qilingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

SEMINAR-TRENINGLARNING NABATDAGI BOSQIChIGA START BERILDI 2021-07-05

Joriy yilning 12 iyuldan 8 avgustgacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi asosida bo‘lib o‘tadigan seminar-treninglarning 2-bosqichiga start berildi. Ushbu bosqichdagi o‘quvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 5-6 iyul kunlari DBA va TDYU ekspertlari tomonidan keyslar asosida dars mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi 2021-07-02

2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshqargan yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritishga doir masalalar muhokama qilindi.

SEMINAR-TRENINGLARNING NAVBATDAGI BOSQICHI IYUL OYIDA BO‘LIB O‘TADI 2021-06-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga binoan o‘tkazilayotgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Jurnalistlar bilan uchrashuv 2021-06-23

"Zo’r TV” telekanali tomonidan  “Bu kun” axborot dasturining Toshkent shahri va viloyatlardagi muxbirlari uchun joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘lik jarayonlarda jurnalistlar  ishtirokiga bag‘ishlan seminar tashkil etildi.

Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov bo‘lib o‘tdi 2021-06-21

20 iyun kuni Samarqand viloyatining Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik  o‘rinlariga  saylov o‘tkazildi.

Armanistonda parlament saylovi yakunlandi 2021-06-21

Armanistonda 20 iyun kuni o‘tgan parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

Armaniston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida MSK a’zolari ishtirok etadi 2021-06-18

Joriy yilning 20 iyun kuni Armaniston Respublikasi Milliy Majlis deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. 

SAYLOVGA TAYYORGARLIK – DOIMIY E’TIBORDA 2021-06-17

Avval xabar berilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida shu yil 7 iyun kuni boshlangan uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan seminar-treninglar izchil davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2021-06-16

16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treninglar: dolzarb vazifalar ijrosi 2021-06-10

Mamlakatimizda bu yilgi Prezident saylovi ilk bor Saylov kodeksi va umum e’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga rioya etilgan holda  o‘tkaziladi. 

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Olivye Shav bilan uchrashuv 2021-06-08

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olivye Shavning uchrashuvchi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treninglar qiziqarli o‘tmoqda 2021-06-08

Avval xabar berilganidek, 7 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi 2021-06-07

Joriy yil 7-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.